Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/vku-org/new.vku-org.ru/docs/engine/classes/templates.class.php on line 68 Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/vku-org/new.vku-org.ru/docs/engine/classes/templates.class.php on line 72 Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/vku-org/new.vku-org.ru/docs/engine/classes/templates.class.php on line 68 Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/vku-org/new.vku-org.ru/docs/engine/modules/show.full.php on line 294 Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/vku-org/new.vku-org.ru/docs/engine/classes/templates.class.php on line 60 Deprecated: preg_replace(): The /e modifier is deprecated, use preg_replace_callback instead in /home/vku-org/new.vku-org.ru/docs/engine/classes/templates.class.php on line 64 Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari » Âñåðîññèéñêèé Êîíãðåññ óçáåêîâ, óçáåêèñòàíöåâ

Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari

Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalariJahon uzra yangramoqda Sharq taronalari

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda


Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari

Samarqand shahrida “Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilib, 1997-yildan buyon har ikki yilda muntazam o‘tkazib kelinayotgan mazkur nufuzli musiqa anjumani xalqimizning milliy musiqa san’ati an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, tili, madaniyati, urf-odatlari turlicha bo‘lgan xalqlarni san’at vositasida birlashtirish, ularni go‘zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etishga xizmat qilmoqda.

“Sharq taronalari” I xalqaro musiqa festivali g‘olibi, O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva mazkur festival haqida O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Musiqa inson ongi va qalbida chuqur aks-sado berib, uni olijanob maqsadlar sari ilhomlantiradigan, ezgulikka da’vat etadigan qudratli kuchdir. Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, musiqa san’atisiz ruhiy kamolotga erishib bo‘lmaydi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotir. Ushbu musiqa bayrami xalqimizni dunyo xalqlari musiqa san’atidan bahramand qilish, jahon musiqa san’atida kechayotgan ijodiy jarayonlarni atroflicha o‘rganish, o‘z navbatida, betakror milliy san’atimizni olamga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

1997-yili o‘tkazilgan “Sharq taronalari” I xalqaro musiqa festivalida maqom yo‘nalishida Alisher Navoiy g‘azali bilan aytiluvchi “Ushshoq”, Miskin g‘azali bilan “Ey, dilbari jononim” ashulalarini ijro etgandim. Bu qo‘shiqlar turli millat va elat vakillari olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu o‘zbek mumtoz qo‘shiqchiligining jozibasi, sehri, betakrorligi bilan bog‘liq. Mumtoz musiqamiz kishi ruhiyati, ma’naviyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi qudratga ega. U insonni ma’naviy poklikka, ezgulikka da’vat etadi, tinglovchini borliq, hayotning mazmun-mohiyatini anglab yetish kabi chuqur falsafiy mushohadaga undaydi. Odam o‘zida yangilanish, yasharishni his qiladi.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida erishgan muvaffaqiyatim ijodiy faoliyatimda alohida ajralib turadi. Sababi, har bir san’atkor o‘z yurtida o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro anjumanda g‘olib bo‘lishni chin dildan istaydi, ulkan mas’uliyat yukini his etadi.
Jahon uzra yangramoqda Sharq taronalari


Angliyada o‘tgan konsertlarimning birida “Ushshoq”ni old qatorda o‘tirgan nuroniy otaxon shunchalar berilib tingladiki, ovozimga ovoz qo‘shildi. Konsert tugagach, o‘sha otaxon yonimga keldi. U kishi ko‘p yillar falaj bo‘lib yotgan ekan. Bir kuni unga do‘stlari ushbu ashula yozilgan diskni sovg‘a qilibdi. Otaxon har kuni “Ushshoq”ni eshitib, unga batamom maftun bo‘libdi. Qo‘shiqning ma’nosini so‘rab bilgach, oshuftaligi yanada ortibdi. Otaxon ko‘zda yosh bilan “Ishoning qizim, mumtoz ashulangiz menga davo bo‘ldi, bugun ilk marta o‘z oyog‘im bilan yurib ko‘chaga chiqdim”, dedi. Bu gaplarga biron narsa qo‘shish, izohlash ortiqcha, deb o‘ylayman.

Mazkur festival sabab ko‘plab mamlakatlar xonandalari, bastakor va san’atshunos olimlari bilan yaqin ijodiy muloqotda bo‘ldik.

“Sharq taronalari” kuy-qo‘shiqlar vositasida insoniyatni tinchlik, insonparvarlik, ma’naviy komillik yo‘lida birlashtirmoqda. Bugungi murakkab zamonda xalqlar o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Festival jahondagi nufuzli musiqa anjumanlari qatoridan allaqachon joy olib ulgurdi. Uning YuNESKO shafeligida o‘tkazilayotgani, mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, mashhur san’at namoyandalarining bu festivalga qiziqishi va e’tibori tobora ortib borayotgani so‘zimiz isbotidir. 1997-yilda o‘tkazilgan birinchi festivalda 31 mamlakat vakillari qatnashgan bo‘lsa, joriy yilda oltmishdan ortiq davlatdan musiqa va qo‘shiqchilik an’analarini davom ettirib kelayotgan ijodiy jamoalar o‘z dasturlari bilan qatnashishi kutilmoqda.

Texnika va texnologiya jadal taraqqiy etayotgan, madaniyatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar tobora kuchayayotgan bugungi zamonda san’atning biron-bir talab va mezonlariga javob bermaydigan “asar”lar paydo bo‘layotgani, ayrim yosh ijrochilar mavzu, musiqa, ijro usuli, sahna harakatlarida “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlariga taqlid qilayotgani dilni xira qiladi. Bu yosh avlodning estetik didi va saviyasini o‘tmaslashtiradi, ongi va qalbi, ma’naviyatiga zang tushiradi.

Mazkur jarayonda mumtoz merosimizni asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazish, milliy va umumbashariy musiqa san’ati yutuqlarini, jahon qo‘shiqchilik san’ati an’analarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgani, kelajagimiz vorislari qalbida buyuk madaniyatimiz va san’atimizdan faxrlanish tuyg‘usini, do‘stlik, ezgulik, mehr-muruvvat rishtalarini mustahkamlayotgani bir san’atkor sifatida meni g‘oyat quvontiradi.

“Sharq taronalari” festivali eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilishida ham o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Chunki mazkur xalqaro musiqa festivaliga aynan mustaqillik yillarida asos solindi va bu festival istiqlolimiz bilan birga kamol topib bormoqda. Ushbu musiqa anjumanida xalqimiz erishayotgan yutuqlar, tinch-osuda, to‘kin va farovon hayotimiz, qayta qadr topgan an’ana va qadriyatlarimiz bor bo‘y-basti bilan namoyon bo‘lmoqda.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining Samarqanddan o‘zga shaharda o‘tkazilishini tasavvur eta olmayman. Zero, bu ko‘hna shahar Sharq musiqasi, falsafasi, ma’naviyat, ilm-ma’rifatga bo‘lgan intilishlarni o‘zida mujassam etgan dunyo tamadduni beshigidir.

Musiqa bayrami arafasida Samarqand yanada fayzli va obod, ozoda, maftunkor qiyofaga kiradi. Istirohat bog‘lari, fusunkor favvoralar, to‘kin-sochin bozorlar qadimiy va go‘zal obidalar, yurtdoshlarimizning mamnun va baxtiyor chehrasi, ta’bir joiz bo‘lsa, faqat Samarqandgagina xos ajib ma’naviy muhit festivalga o‘zgacha shukuh, ko‘tarinkilik baxsh etadi. Ushbu muhit sabab inson qalbiga eng ezgu, eng beg‘ubor tuyg‘ular inadi. Xayolda mumtoz kuy-qo‘shiqlarimiz yangrayveradi. Qolaversa, Samarqand shahrini nodir va betakror, go‘zal qo‘shiqqa, g‘oyat mukammal musiqa asariga qiyoslash mumkin.

Mazkur festival o‘tgan yillar mobaynida o‘nlab iste’dodlarni kashf etdi. Bugun milliy musiqa san’atimizning yetuk namoyandalariga aylangan ijodkorlar hayoti va ijodida yangi sahifalarni ochdi. Nasiba Sattorova, Soyibjon Niyozov, Abdunabi Ibrohimov, Nodira Pirmatova, Matluba Dadaboyeva kabi hofizlar nomlarini bugun nafaqat mamlakatimiz, balki xorijlik san’at ixlosmandlari ham chuqur hurmat bilan tilga oladi. Ular chet davlatlarda o‘tayotgan nufuzli musiqa anjumanlarida o‘zlarining mahorat va iqtidorini namoyon etib, milliy san’atimiz kuch-qudratini, hayotbaxsh sehrini olamga yoyayotganidan quvonasan kishi.

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali jahon musiqasi taraqqiyotiga ham beqiyos hissa qo‘shayotganini alohida ta’kidlamoq zarur. Yurtimizda o‘tayotgan ushbu anjuman tufayli dunyoning ko‘plab davlatlarida milliy qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga e’tibor va rag‘bat yanada kuchaydi. Ko‘hna zamin sayqali – Samarqandda o‘tadigan xalqaro musiqa festivaliga bo‘lgan qiziqish chet ellik san’atkorlarning o‘z ijodini yanada boyitishiga turtki bo‘ldi. “Sharq taronalari” festivallarida ishtirok etgan pokistonlik Abida Parvil, kuvaytlik Favzi Allanqaviy, eronlik Fozil Jamshidiy, amerikalik Tini Big Mauntin, ozarbayjonlik Olim Qosimov, bangladeshlik Mushfiq Ahmad Shamim va boshqa o‘nlab ijodkorlarning kuy-qo‘shiqlari bugun jahon xalqlarining musiqiy merosiga aylandi. Zero, Registonda yangragan Sharq taronalari jahon uzra keng yoyilmoqda.

Ushbu musiqa anjumani mamlakatimizda san’at yo‘liga qadam qo‘ygan yosh ijrochilarning milliy maqomchilik san’atiga bo‘lgan mehrini oshirish, mahoratini charxlashda ayni muddao bo‘lmoqda. Bugun yurtimizning turli hududlaridagi musiqa maktablarida san’at sirlarini o‘rganayotgan minglab yoshlar “Sharq taronalari” festivali havosidan nafas olgan, tajriba-mahoratini oshirgan ustoz-san’atkorlarga ergashib ijod qilmoqda.

Tinch bog‘ning bulbuli ko‘p bo‘ladi, deydi xalqimiz. Zero, tinch-totuv va farovon yurtdagina san’atkorlar jo‘shqin ilhom bilan, zavq-shavq ila kuylaydi. Bunga O‘zbekiston san’atkorlari erishayotgan yutuqlar, ularning olamshumul ijodi yorqin misoldir.

Dilshod Karimov, O‘zA
21-06-2015, 02:12 | 1927
Êîììåíòàðèè: 0

Ïàðòíåðû

advertisement